Annotatsiya. Konstitutsiya mamlakatning asosiy qonunidir. Unda inson va fuqarolarning mulkka egalik qilish, mulkning daxlsizligi huquqi kafolatlanadi. Bu kafolatlar esa, oʻz navbatida, aniq ishlaydigan va taʼminlanishi shubha ostiga olinmaydigan hamda qoʻllovchilar tomonidan har xil talqin etilmaydigan boʻlishi zarur. Aynan mana shunday kafolatlargina inson va fuqarolarning konstitutsiyaga, qonunlarga hamda davlatga boʻlgan ishonchini oshiradi. Mulk huquqining kafolati qonunlar bilan taʼminlanishi lozim. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda mulk huquqi va uning taʼminlanishiga oid konstitutsiyaviy normalarni takomillashtirish ustuvor vazifalardan sanaladi. Shu sababli mulkning daxlsizligi qonunda belgilangan asoslar va tartibda sudning qaroriga koʻra oldindan toʻliq va adolatli haq toʻlash yoʻli bilan mulkdor begonalashtirilishi mumkinligi qoidasini konstitutsiyada qatʼiy belgilashning ilmiy-amaliy jihatlarini tadqiq etish oʻrinlidir. Qolaversa, mulk uning sohibiga nafaqat huquq, balki muayyan masʼuliyat yuklashi, bunda mulkdor mulkdan foydalangan jamiyat manfaatlari uchun ham harakat qilishiga oid qoidalarni konstitutsiyada ifodalash dolzarbdir. Shuningdek, maqolada xususiy mulk himoyasini kuchaytirish, bunda xususiy mulk davlat tomonidan emas, balki qonun bilan himoya qilinishi va kafolatlanishiga oid normalarni belgilash zarurligi ta’kidlangan.
Kalit soʻzlar: konstitutsiya, inson va fuqaro, mulk, huquq, daxlsizlik, egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, kafolat.